Pokistonlik biotexnologiya va bioetika professori Zabte Xan Shinvari 2015-yilgi Avitsenna mukofoti laureati bo‘ldi, deb xabar beradi “Review.uz”.
YuNESKO bosh direktori Irina Bokova 2015-yilgi Avitsenna mukofotiga ilmiy ishlar etikasiga qo‘shgan hissasi uchun pokistonlik professor Zabte Xan Shinvarini loyiq topdi. Taqdirlash marosimi YuNESKOning Parijdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.
Professor Shinvari mukofot nafaqat uning shaxsiy xizmatlari, “balki butun dunyodagi noqulay sharoitda ishlayotganligiga qaramasdan, prinsipial masalalarda hech qachon murosaga bormaydigan barcha kishilar faoliyati”ni taqdirlashini ta’kidladi. Mukofot, shuningdek, uning ilm-fan ijtimoiy mas’uliyatini ilgari surishga qo‘shgan hissasi hamda ilm-fandagi mahalliy xalqlar va ayollarning ishtirokini yengillashtirish bo‘yicha faoliyati uchun berildi.
Professor Shinvari biotexnologiya, bioxavfsizlik va biohimoya sohasidagi ilmiy-ma’rifiy ishlarining e’tirofi sifatida mukofotga loyiq deb topildi.
Izoh (0)