Bundestag ittifoqiga a’zo partiyalar yetakchilari mamlakat fuqaroligini olish imkoniyati past qochoqlar arizalarini ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish yuzasidan uzoq muddat davom etgan muzokaralardan so‘ng, tegishli qaror qabul qilishdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Germaniya kansleri Angela Merkel, sotsial-demokratlar yetakchisi Zigmar Gabriyel, xristian-sotsial ittifoqi raisi Xorst Zeyegofer qochoqlarni qabul qiluvchi maxsus markazlar tashkil etilishiga rozilik bildirdi. Bunday markazlarda boshpanaga ega bo‘lish imkoniyati past kishilarga maxsus ajratilgan hududda yashash imkoniyati beriladi.
Dastlabki rejalarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha, xususan, Bavariyaning Bamberg va Manching shaharlarida uchtadan beshtagacha bo‘lgan ana shunday markazlar faoliyat yuritadi.
Shuningdek, bunday hududlarda hibsga olingan qochoqlarning deyarli barchasi qamoqqa tashlanishini inobatga olgan holda sotsial-demokratlar qarshi chiqan “tranzit hudud” yaratish g‘oyasi rad etildi.
Bundan tashqari, ochilishi ko‘zda tutilayotgan markazlarda xavf-xatar darajasi uncha yuqori bo‘lmagan mamlakatlar, xususan Bolqon yarim orolidan kelgan muhojirlarning arizalari ko‘rib chiqilishi jarayonining tezlashishi zarurligi ham ta’kidlandi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi chegaralarini qo‘riqlashni kuchaytirish zarurligi haqida ham kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy prognozlarga ko‘ra, joriy yilda Germaniya hududiga 800 ming qochoq boshpana qidirib kelishi mumkin.
Izoh (0)