Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Karim Benzema Moskvaning “Dinamo” klubi sobiq yarim himoyachisi Mate Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha 5-noyabr, payshanba kuni sudda ko‘rsatma berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Tovlamachilar ayni vaqtda Fransiyaning “Lion” klubida to‘p surayotgan Valbuenadan, uning shaxsiy hayotiga doir videoyozuvni ommaga e’tiboriga havola qilish tahdidi bilan, pul talab qilgan. Politsiyaning aniqlashicha, pul to‘lovi bo‘yicha telefon suhbatlari vaqtida Karim Benzemaning ham ismi tilga olingan va shu sabab u 4-noyabr, chorshanba kuni hibsga olinib, tunni politsiya bo‘linmasida o‘tkazgan.

BFM telekanali xabariga ko‘ra, tergov ikki futbolchi o‘rtasida obro‘sizlantiruvchi videoyozuv yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tganini aniqlagan. Biroq, bu holatda Benzema tovlamachilarning vositachisi sifatida qatnashganmi yoki Valbuena bilan birga mazkur vaziyatni qoralaganmi — hozircha noma’lum.

Bir qator OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, obro‘sizlantiruvchi videoyozuv dastlab Benzemaning mobil telefonida bo‘lgan, bu telefon esa fransiyalik futbolchilarga xizmat ko‘rsatuvchi uncha katta bo‘lmagan firmalardan birining vakili qo‘liga tushib qolgan. Katta ehtimol bilan, aynan shu odam Valbuenaga nisbatan tovlamachilik harakatini boshlagan.

Hozirgi vaqtda mazkur ish bo‘yicha uch kishi hibsda saqlanmoqda, ularning ikki nafari Fransiyadagi jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan shaharlardan biri — Marsel fuqarolari hisoblanadi. Avvalroq politsiyachilar fransiyalik boshqa bir futbolchi — Jibril Sisseni mazkur ish bo‘yicha so‘roq qilgan, biroq u ko‘rsatma berib bo‘lganidan so‘ng, qo‘yib yuborilgan edi.

Valbuena faoliyatining aksariyat qismini “Marsel”da o‘tkazgan. Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi 2014/2015-yilgi mavsumda Moskvaning “Dinamo” jamoasi sharafini himoya qildi, shundan so‘ng, “Lion” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolab, qadrdon chempionatiga qaytishga qaror qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi