Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatidagi dastlabki o‘yinda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu uchrashuv 4:0 hisobida yaponiyaliklarning yirik g‘alabasi bilan yakun topdi. Maftuna Joniqulova qo‘riqlagan O‘zbekiston darvozasiga gollarni Fuka Nagano, Uyeki Riko, Hiyata Miyazava hamda Saori Takarada kiritdi.
O‘zbekiston joy olgan “B” guruhidagi boshqa bir o‘yinda Shimoliy Koreya terma jamoasi Xitoy Taypeyni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va birinchi turdan keyin guruh peshqadamiga aylanib oldi.
O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi o‘zining ikkinchi uchrashuvini 7-noyabr kuni KXDRga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)