2015-yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Furqat Sidiqov Pokiston rahbarining Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” rasmiy qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Mamnun Husayn Pokistonning O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorligini, avvalo ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini chuqurlashtirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.
Pokiston rahbari ikki tomonlama parlamentlararo va ijtimoiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga ham qiziqish bildirdi.
Izoh (0)