Belarus hukumati Belarus rubli denominatsiyasini o‘tkazadi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Yangi banknotalardan birdaniga to‘rtta nol olib tashlanadi. Eski pullar kelgusi yilning oxiriga qadar muomalada bo‘ladi.
Respublikada denominatsiya mavzusi bir necha marta ko‘tarilgan edi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘tgan yili yangi banknota va tangalarning dizayni tasdiqlanganligi va ular nimasi bilandir yevroni eslatishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)