A321 halokati qurbonlarining jasadini ko‘zdan kechirgan misrlik sud-tibbiy eksperti ularga yetgan jarohatlarning darajasi samolyot bortida portlash bo‘lganligidan dalolat berishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Jasadlarning ko‘p sonli alohida bo‘laklari samolyot bortidagi kuchli portlash u yer bilan to‘qnashgunga qadar sodir bo‘lganligidan darak berishi mumkin.
Ekspertning so‘zlariga qaraganda, aksariyat jasadlarning shaxsini aniqlash uchun genetik ekspertiza talab etiladi.
Misr hukumatining ma’lum qilishicha, Rossiya samolyotining halokati to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun bir haftadan to‘rt haftagacha vaqt talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh sun’iy yo‘ldoshi Rossiya samolyotining halokati yuz bergan paytda Misrning Sinay yarim orolida issiqlik chaqnashini qayd etgan bo‘lib, u samolyotdagi portlash oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)