Ukraina poytaxti Kiyev shahrida noma’lum sabablarga ko‘ra, 11-qavatdan tushib ketgan erkak tirik qoldi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Hodisa 3-noyabr kuni yuz bergan. Balandlikdan qulash natijasida 33 yoshli erkak ko‘p sonli shikastlanishlar olgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, jabrlanuvchi ochiq va yopiq bosh-miya shikastlanishi, qorin bo‘shlig‘ining yopiq shikastlanishi va ko‘plab suyaklarining sinishi kabi jarohatlar olgan.
Hozirda u tibbiy muassasada davolanishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)