Misrda halokatga uchragan A321 samolyotining komandiri Valeriy Nemov 1967-yilda Toshkentda tug‘ilib, o‘sgan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar beradi.
Nemov uchuvchilik bo‘yicha Stavropolda ta’lim olgan. Keyinchalik esa Gorkiy viloyatida, Norilsk va Surgutda yashagan. Besh yil avval esa Moskvaga ko‘chib o‘tgan.
Uning xolasi Tatyana Petersonning xotirlashicha, uchuvchi bolaligidan faqat osmon haqida o‘ylagan. Uning Toshkentdagi xonasi devorlariga samolyotning ko‘plab suratlari yopishtirilgan edi. Maktabda ham u doim yaxshi o‘qigan.
Valeriy Nemov turmush o‘rtog‘i Irina bilan ajoyib juftlik bo‘lgan. Irina erining endi yo‘qligiga hamon ishona olmayapti.
Fojia haqida eshitgan uchuvchining onasi – Valentina Aleksandrovnaning ahvoli yomonlashdi. Hozirda u Volgograddagi kardiomarkazda davolanmoqda. U doim o‘g‘lidan xavotir olib, undan parvozlarni to‘xtatishni so‘ragan.
Izoh (0)