Yamanga 3-noyabr, seshanba kuni yopirilgan “Shapala” sikloni oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jabrlandi. Bu haqda BMTning ijtimoiy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Boshqarmaning baholashicha, tabiiy ofat natijasida mamlakatning 1,1 million aholisiga zarar yetishi mumkin.
“Birinchi xabarlar jiddiy suv toshqinlari, jumladan El-Mukalla shahridagi suv toshqini haqida ma’lum qiladi”, — deyiladi boshqarma hisobotida. Yamanning Sokotra orolida uch kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi yaralangan. El-Mukallada yana 25 kishi jabrlangan.
BMT ma’lumotlariga qaraganda, sohilbo‘yi hududlarini 40 mingdan ortiq aholi tark etishga majbur bo‘lgan, 400 ga yaqin uyga zarar yetgan yoki vayron bo‘lgan.