2-noyabr, dushanba kuni Misrdagi aviahalokat qurbonlari to‘qqiz nafarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda “TASS” Peterburg vitse-gubernatori Igor Albinning jurnalistlarga bergan ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Sankt-Peterburgga qurbonlarning 140 jasadi va jasadlarning 100 dan ortiq qismlari yetkazildi. Ularning shaxsini aniqlash yuzasidan tadbirlar o‘tkazilmoqda. To‘qqiz kishining shaxsi aniqlandi”, — deydi Rossiya FVV keskin vaziyatlar boshqaruvi milliy markazining rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Aleksey Smirnov.
Sankt-Peterburgdagi qurbonlar orasidan Pskov rahbari o‘rinbosari Aleksandr Kopilovning qarindoshlari uning shaxsini aniqladi. Fojiaviy reysning boshqa yo‘lovchilarining yaqinlari qurbonlar shaxsini aniqlash jarayonida qatnashmoqda.
Ikki sutka davomida Misrdan qurbon bo‘lganlarning jasadlarini yetkazayotgan FVVning ikki samolyoti Peterburgga yetib keldi.
Izoh (0)