Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul shtatida joylashgan Mostardas shahrida yashovchi 1,5 yoshli Lorenso ismli bolakay hovlisida zaharli ilonni uchratib qolib, uni g‘ajib tashladi. Bu haqda Radio Gaucha xabar beradi.
Bolaning onasi Jeyn Fereyraning so‘zlab berishicha, u hovliga chiqqanda, uning o‘g‘li ilon bilan o‘ynayotgan bo‘lib, uning og‘zi va qo‘li qon bo‘lgan. Lorenso sudralib yuruvchini qo‘yib yuborishi uchun ayol erini yordamga chaqirishga majbur bo‘lgan.
Hodisadan so‘ng, bola shahar shifoxonasiga olib borilgan. Bolada hech qanday zaharlanish alomatlarini uchratmagan shifokorlar uning ota-onasini bolaning sog‘lig‘iga xavf yo‘qligiga ishontirdi.
Izoh (0)