AQSh sun’iy yo‘ldoshi Rossiya samolyotining halokati yuz bergan paytda Misrning Sinay yarim orolida issiqlik chaqnashini qayd etgan. Bu haqda “Gazeta.ru” NBC News’ga tayanib xabar beradi.
Pentagon yuqori mansabdorining so‘zlariga qaraganda, chaqnash samolyotdagi portlash oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin (bu yoqilg‘i baki, dvigatel yoki bombaning portlashi bo‘lishi mumkin). Biroq yerdan uchirilgan raketaning unga tegishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq.
Boshqa mansabdor samolyotning yuqori balandlikda parchalanib ketganligini tasdiqladi. Biroq hozirgi paytda unga yerdan ta’sir etilganligini tasdiqlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar yo‘q.
Izoh (0)