Rossiyalik qutqaruvchilar Elbrus tog‘ yonbag‘ridan to‘rt nafar alpinistni evakuatsiya qildi. Bu haqda “TASS” Rossiya FVV Elbrus baland tog‘ qidiruv-qutqaruv otryadi boshliq o‘rinbosari Albert Xadjiyev ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Qutqaruvchilar Elbrusning g‘arbiy cho‘qqisi, dengiz sathidan 4400 metr balandlikdan moskvalik ikki alpinistni va ryazanlik ikki alpinistni evakuatsiya qildi. Qutqaruv ishlariga xususiy kompaniya vertolyotlari jalb etildi”, — dedi Xadjiyev.
Uning so‘zlariga qaraganda, yigitlar 22-oktabrdan ushbu yo‘nalish bo‘yicha harakat qilgan. “Ular yaxshigina muzlab qolganligidan, o‘zlari harakat qila olmay qolgan va yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan”, — deydi boshliq o‘rinbosari.
Hozirda alpinistlar Terskol posyolkasidagi qutqaruvchilar bazasida bo‘lib, ularning hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q. Ularni qutqarishda otryadning o‘n nafar xodimi ishtirok etdi.
Izoh (0)