Isyonchilar Janubiy Sudanda bir hafta avval qo‘lga olingan BMTning 13 nafar xodimini ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” tashkilotning mamlakatdagi vakili Elen Margret Loj ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Bir guruh qurollangan isyonchilar 26-oktabr, o‘tgan dushanba kuni BMT tinchlikparvarlari uchun Nil orqali yoqilg‘i olib o‘tayotgan barjaga hujum qilgan edi. Barjadagi yuk talon-toroj qilinib, barchasi Janubiy Sudan fuqarosi bo‘lgan BMTning shartnoma asosidagi xodimlari esa garovga olingan edi. Bosqinchilar, shuningdek, keyinchalik qo‘yib yuborilgan 20 nafar “ko‘k kaskalar”ni ham qo‘lga olgan edi.
BMTning shartnoma asosida ishlovchi xodimlarini ozod qilish holatlari haqida ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)