Samarada (Rossiya) o‘tgan parvozdan oldingi tayyorgarlik chog‘ida Misrda halokatga uchragan “Kogalimavia” samolyoti ekipajidan havo kemasining texnik holati yuzasidan hech qanday shikoyat bildirilmagan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
“30-oktabr, juma kuni Samara aeroportiga keltirilgan havo kemasi texnik xizmatdan o‘tmagan, chunki kapitan tomonidan bunga tegishli buyurtma berilmagan. Oxirgi marta samolyotga aeroportda o‘tgan yil may oyida texnik xizmat ko‘rsatilgan”, — deya ma’lum qilgan Privoljsk transport prokuraturasi vakillari.
Eslatib o‘tamiz, mazkur prokuratura ayni paytda A321 halokati munosabati bilan Samara aeroportida tekshiruv o‘tkazmoqda.
Izoh (0)