Lufthansa nemis aviatashuvchisi Rossiya samolyotining Misrdagi halokatidan so‘ng, Sinay yarim oroli bo‘ylab parvozlarni to‘xtatadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, parvozlar Airbus 321 samolyoti halokatining sabablari aniqlangunga qadar to‘xtatiladi.
Avvalroq Rossiya samolyotining halokatidan so‘ng xavfsizlik chorasi sifatida Air France aviakompaniyasining Sinay bo‘ylab parvozlarni to‘xtatganligi ma’lum qilingan edi.
Rossiyaning Metrojet aviakompaniyasi layneri 31-oktabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 8:51 da Misrning Sharm-ash-Shayx shahridan Sankt-Peterburg tomon havoga ko‘tarilib, 23 daqiqadan so‘ng radarlardan yo‘qolgan. Samolyot bo‘laklari Misrning Sinay yarimoroli shimolidan topilgan. Barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
Izoh (0)