FIFA prezidenti Yozef Blatter 2018-yilgi Jahon chempionati Rossiyaga tashkilotning yuqori mansabdor rahbarlari bilan tuzilgan maxfiy kelishuv natijasida berilganligini va saylov natijalarini soxtalashtirishni ko‘zda tutganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Qaror yozma shaklda emas, o‘zaro kelishilgan bo‘lib, ovoz berishda bizning ikki davlat: Rossiya va AQSh tomonidan bo‘lishimizni ko‘zda tutgan. FIFA ijroiya qo‘mitasi a’zolarining barchasi kelishuv to‘g‘risida qaror qabul qilganmi? Bu jarayon maxfiy tarzda amalga oshirilgan, hech qanaqa yig‘ilish o‘tkazilmagan”, — dedi Blatter.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Blatter va UEFA rahbari Mishel Platini o‘z lavozimidan uch oyga chetlashtirilgan edi.
Izoh (0)