Misrning Sharm-ash-Shayx shahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga uchayotgan “Kogalimavia” aviakompaniyasi samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi. Bu haqda, “Rosaviatsiya”dagi manbaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Gazeta.ru”ning yozishicha, Airbus rusumli ushbu samolyot Kiprning Larnaka tumani atrofida radarlardan yo‘qolgan.