Argentina senati davlat universitetlariga kirish imtihonlarini o‘tkazishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
“Barcha o‘rta ma’lumotlilar erkin va to‘siqlarsiz oliy ta’lim muassasasiga kirishi mumkin”, — deyiladi qonunda.
Qabul qilingan qonunga muvofiq, universitetlarga ta’lim berish uchun har qanday haq olish ham taqiqlandi. Hozirgi paytga qadar, Argentina davlat universitetlari ba’zi fakultetlarga, masalan, tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlarini o‘tkazish huquqiga ega edi.
Bundan tashqari, yangi qonunga ko‘ra, davlat OTMlarini moliyalashtirishni pasaytirishi mumkin emas. Argentinada 54 ta davlat va 49 ta xususiy oliy ta’lim muassasasi mavjud.
Izoh (0)