AQSh 31-oktabr, shanba kuni eng ajoyib, kulguli va bir vaqtning o‘zida qo‘rqinchli bayram – Xellouinni nishonlamoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Yaqin kunlar ichida Amerika shaharlari, qishloqlari va uylarida ko‘plab maskaradlar, niqoblar va kostyumlar shousi, “qora” rangli hazil-mutoyibaga ega o‘yinlar o‘tkaziladi.
Oktabrning oxirgi kunida nishonlanadigan ushbu bayramdan bir necha hafta avval amerikaliklar o‘z uylari va hovlilarini skeletlar, suyaklar, dala qo‘riqchilari bilan, derazalarini esa o‘rgimchak to‘ri bilan bezatadi. Eshiklari oldidan esa Xellouinning bosh ramzi – yovuz tirjayish aks ettirilgan qovoq joy oladi.
Oktabr boshida Amerikaning yirik shaharlarida faqat maskarad kostyumlari va Xellouin ramzlari bilan savdo qiluvchi minglab vaqtinchalik do‘konlar ishga tushadi. Nyu-Yorkdagi ana shunday do‘konlardan birining egasi ta’kidlashicha, aynan shu yili AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlar, jumladan Hillari Klinton va Donald Trampning qiyofalari ayniqsa aktualdir.
Izoh (0)