Yevroparlament raisi Martin Shuls Saudiya Arabistoni qirolini bloger Raif Badaviyni afv etish va unga topshiriladigan Saxarov mukofotini olishi uchun uni Bryusselga qo‘yib yuborishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Yevroparlament 29-oktabr, payshanba kuni uni fikr erkinligi uchun taqdim etiladigan 2015-yilgi Saxarov mukofotiga loyiq deb topdi. Saralash bosqichining finalida Badaviy fevral oyida Moskvada o‘ldirib ketilgan rossiyalik siyosatchi Boris Nemsov va venesuelalik muxolifatchilar guruhini ortda qoldirdi.
“Badaviy bilan bog‘liq vaziyatda inson huquqlariga nafaqat rioya etilmagan, balki ular toptalgandir. Men bugun qirolni jazoning ijrosini to‘xtatish va Badaviyni ozod etishga, hamda mukofotni olish uchun dekabrdagi sessiyaga kelish uchun ruxsat berishga chaqiraman”, — dedi Shuls.
“Saudiya Arabistonining liberal tarmog‘i” internet saytining asoschisi Badaviy 2012-yilda hibsga olingan edi. Din vakillari va qirollikning diniy politsiyasini tanqid qilish, islomni kamsitish, kiberjinoyat va otasiga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topilgan bloger o‘n yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.
Izoh (0)