Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) birinchi vitse-prezidenti, yaqinda 2018-yilgi Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga rahbar etib tayinlangan ispaniyalik Anxel Mariya Vilyar va 2006-yilgi JCh taklif qo‘mitasiga rahbarlik qilgan afsonaviy nemis futbolchisi Frans Bekkenbauer korrupsiyada gumon qilinayotgan mansabdorlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 2006-yilgi JCh saylovlarida ovozlarni sotib olishda gumon qilinayotgan Vilyar va Bekkenbauerning ishi tergov komissiyasidan FIFA axloq qo‘mitasining arbitraj komissiyasiga taqdim etilgan.
FIFA axloq qo‘mitasining mustaqil tergov palatasi FIFA prezidenti Yozef Blatter, UEFA prezidenti Mishel Platini va tashkilotning sobiq bosh kotibi Jerom Valkega qarshi tergov ishlari davom etayotganligini tasdiqladi.
Izoh (0)