Yevropa mamlakatlariga boshpana berishni so‘rab murojaat qilgan kishilarning soni o‘tgan yilning shu vaqt oralig‘idagi ko‘rsatkich bilan taqqoslanganda ikki martaga oshgan. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2015-yilda Yevropaning 38 mamlakatiga bir oy davomidagi boshpana uchun murojaatlar soni o‘tgan yilgi 60 mingdan 150 mingga yetgan.
O‘tgan yilning yanvaridan avgust oyiga qadar 397 ming boshpana uchun murojaatlar qayd etilgan bo‘lsa, shu yilning ko‘rsatilgan vaqt oralig‘idagi murojaatlar soni 834 mingga yetdi.
Agar bu holat shu tarzda davom etsa, Yevropaga boshpana so‘rab murojaat qiluvchilar soni joriy yilda bir million kishidan ortadi.
Izoh (0)