Kot-d’Ivuarning amaldagi prezidenti Alassan Uattara mamlakatda 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda “RIA Novosti” mahalliy saylov komissiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar beradi.
Kot-d’Ivuar mustaqil saylov komissiyasining raisi matbuot anjumanida Uattarani mamlakatning 83,66 foiz saylovchilari qo‘llab-quvvatlaganligini ma’lum qildi.
Saylovlarda 54,63 foiz aholi ishtirok etdi.
Kot-d’Ivuarda prezident besh yillik muddatga saylanadi.
Izoh (0)