Amerikaning World View xususiy kompaniyasi stratosferaga sayyohlik parvozlarini amalga oshirishda qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan kapsula modelini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Sinov parvozi uchun 1:10 masshtabli prototip yasaldi. U parashyut yordamida 30624 metr balandlikka olib chiqildi. Shundan so‘ng muvaffaqiyatli qo‘nish amalga oshirildi.
Kompaniya to‘liq o‘lchamli kapsulani 2016-yilda sinovdan o‘tkazishni, yo‘lovchi bilan birinchi tijorat parvozini esa 2017-yilda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Stratosferaga parvoz chiptasi 75 ming dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)