S7 aksionerlarining Aleksandr Pleshakovdan “Transaero” aksiyalarini xarid qilganligi to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” kompaniyaning kreditorlari ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
20-oktabr kuni S7’ning egalaridan biri Vladislav Filev kompaniyaning asosiy aksionerlaridan biri Aleksandr Pleshakovdan “Transaero”ning 51 foizdan kam bo‘lmagan aksiyalarini sotib olganligini ma’lum qilgan edi. Manbalarda qayd etilishicha, Filevlar “Transaero”ning ekspluatant sertifikati bekor qilingandan so‘ng, shartnomadan voz kechgan.
“Transaero”ning xalqaro yo‘nalishlari to‘liq ro‘yxati “Aeroflot” kompaniyalar guruhiga o‘tadi. Bu 141 yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, “Transaero” aviakompaniyasining bankrot deb e’lon qilish haqidagi ariza bilan arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)