O‘zbekistonda 2015-yilning to‘qqiz oyida o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 28,5 trillion so‘mni tashkil qildi. O‘zAning O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga asoslanib xabar berishicha, bu 2014-yilning shu davriga nisbatan 9,9 foizga ko‘p.
O‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 2,4 milliard dollari yoki 21,1 foizini xorijiy investitsiya va kreditlar (o‘sish 11 foiz), jumladan, 1,8 milliard dollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (o‘sish 7,4 foiz) tashkil qildi.
Bundan tashqari, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 514 million dollardan ortiq mablag‘i o‘zlashtirildi.