Turkiyaning Istanbul shahrida yo‘lovchi avtobusi va yengil avtomobilning to‘qnashib ketishi natijasida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Yana besh kishi yaralandi, deb xabar beradi “TASS”.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, politsiya xodimlari taqibidan yashirinishga uringan mashina haydovchisi avtobusning yo‘liga chiqib ketgan. Ta’kidlanishicha, avtomobilda olti kishi bo‘lib, ulardan besh nafari olingan shikastlanishlar oqibatida halok bo‘lgan.
Qolgan jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)