2015-yilning yanvar—sentabr oylarida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bilan bog‘liq tadbirlarini moliyalashtirish uchun barcha manbalar hisobidan 2,0 trillion mablag‘ yo‘naltirildi. Bu haqda UzDaily O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar beradi.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining ijrosi doirasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 7,7 ming urush va mehnat faxriysi, shuningdek, yolg‘iz va ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarning yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ishlar olib borildi, kommunal xizmatlar bo‘yicha 2,6 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirildi.
O‘tgan to‘qqiz oy mobaynida 205 mingdan ortiq faxriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalarida 151 ming faxriy ambulator davolash kursi va 16,7 ming nafari statsionar davolash kursidan o‘tib, sog‘lig‘ini mustahkamladi.
9,6 mingdan ortiq urush va mehnat faxriysi, 28,3 ming keksa, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa kishilar sanatoriyalarda davolandi.
Izoh (0)