Videobloger Zak Streli iPhone’ning barcha avlodlarini iPhone 2G’dan boshlab iPhone 6S’gacha suv o‘tkazmaslik jihatidan tekshirib ko‘rdi. Tajriba natijalari haqida “Gazeta.ru” xabar beradi.
Har bir qurilma dastlab yoqib qo‘yildi, sekundomer esa gadjetlarning suv ostida qancha vaqt ishchi holatda tura olishini ko‘rsatib bordi. Qatordan eng birinchi iPhone 2G chiqdi, shundan keyin navbat bilan deyarli barcha qolgan smartfonlar ham o‘cha boshladi. Hayratlanarli darajada uzoq vaqt ishchi holatini iPhone 3G va iPhone 5S saqlab turdi.
Shu bilan bir paytda, yangi iPhone 6S ancha tez o‘chib qoldi. Gap shundaki, avval ham bir necha videoblogerlar iPhone 6S va 6S Plus’ni suv o‘tkazmasligi bo‘yicha muvaffaqiyatli sinab ko‘rgan edi. Bloger Zak Steyli qurilmani bir soatga suv bor idishga solib qo‘ydi. Tajriba yakunlangandan so‘ng, bloger smartfonda hech qanday nosozlikni topa olmadi.
https://www.youtube.com/watch?v=vv8270g23aI
Izoh (0)