1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ana shu kun munosabati bilan 2015-yil 23-oktabrda Toshkent shahridagi Inha Universitetida “Til millat g‘ururi” mavzusida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda Universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Toshkentdagi Inha Universiteti matbuot xizmati

Foto: Toshkentdagi Inha Universiteti matbuot xizmati

Uchrashuvning o‘ziga xos yana bir tomoni shunda bo‘ldiki, o‘zbek tilida nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki, koreyalik professorlardan biri ham bemalol ravon gapira olishi bilan uchrashuv ishtirokchilarini e’tirofiga sazovor bo‘ldi.