Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida aholi turar-joyida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. 17 yoshli o‘smir uyga o‘t qo‘yganligini tan oldi, deb xabar beradi hududiy tergov boshqarmasi matbuot xizmati.
Yong‘in Shirokaya qishlog‘ida 25-oktabrga o‘tar kechasi yuz berdi. Turar-joydagi yong‘inni o‘chirish chog‘ida u yerdan uch nafar ayol va ikki erkakning jasadi topildi. Politsiya yong‘in yuz berganda uyda bo‘lmagan o‘smirni qo‘lga oldi.
“So‘roq davomida o‘smir onasi, buvisi, amakisi, shuningdek, ularning ikki tanishi bo‘lgan uyga o‘t qo‘yganligini tan oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bunga amakisi bilan birga spirtli ichimlik ichish davomida yuzaga kelgan mojaro sabab bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Ushbu holat bo‘yicha, RF jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Ikki va undan ortiq shaxsni o‘ldirish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.