AQShdan Estoniyaga og‘ir jangovar texnika yuklangan birinchi eshelon yetib keldi. Joylashtirish ko‘zda tutilgan manzil — Tapa harbiy shaharchasiga texnika 26-oktabr, dushanba kuni yetkaziladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Valgamaalane

Foto: Valgamaalane

AQSh Estoniyaga 40 ta og‘ir texnika, jumladan, 4 ta M1A2 Abrams tanki, 10 ta Bradley piyodalar jangovar mashinasi, 3 ta Paladin o‘ziyurar artilleriya qurilmasini jo‘natdi.

Vashington mamlakatda 12 ta A-10 Thunderbolt II samolyotini joylashtirishni ham rejalashtirgan.