“Mo‘jizalar maydoni” kapital-shousi bugun, 25-oktabr kuni 25 yilligini nishonlamoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“VID” telekompaniyasining birinchi ko‘rsatuvlaridan biri bo‘lgan “Mo‘jizalar maydoni” intellektual shousi 1990-yilning 25-oktabr kuni efirga chiqqan edi. Unga dastlab Vladislav Listyev boshlovchilik qilgan, 1991-yilning 1-noyabridan boshlab Leonid Yakubovich boshlovchilik qilib kelmoqda.
“Bugun bu ko‘rsatuv odat tusiga kirdi. Shunday odatiy narsalar borki, ular doim mavjud va ‘Mo‘jizalar maydoni’ ham ana shunday odatiy holga aylangan. Bu ko‘rsatuv uzoq vaqt efirga uzatilmasa, qandaydir bo‘shliqni his qilasan”, — deydi ko‘rsatuv asoschilaridan biri, “ORT” telekanali bosh direktori Anatoliy Lisenko.
Uning fikriga ko‘ra, ko‘rsatuv o‘zining doimiy boshlovchisi Leonid Yakubovichsiz umuman boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi.
Izoh (0)