Rossiyaning Tobolsk shahrida mahalliy aeroport uchish yo‘lagini qoplab turuvchi qismlarni o‘g‘irlashda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda IIV hududiy boshqarmasi sayti xabar beradi.
Aeroport xodimi politsiyaga 50 ga yaqin metall plastinaning yo‘qolganligi haqida ma’lum qildi. Politsiya ularni yechib olishga hech kim ruxsat bermaganligi, uchish yo‘lagi qismlari shunchaki o‘g‘irlab ketilganligini aniqladi.
1988-yilda tug‘ilgan, ishsiz fuqaro hisoblangan gumonlanuvchi navbatchilik qismiga keltirildi. U o‘z aybini tan olib, sentabr oyida uchish yo‘lagi plastinalarini tashib keta boshlaganligini ma’lum qildi. Erkak metalni sotib, pullarni shaxsiy ehtiyoji uchun sarflagan.
Unga nisbatan RF jinoyat kodeksining 158-moddasi 1-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)