Xitoyning Penlay shahrida (Shandun viloyati) avtomobilning portlashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” Xitoyning Sina yangiliklar portali ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Hodisa 23-oktabr kuni tongda yuz berdi. Voqea guvohlari bir nechta avtomobilning yonib ketganligini ma’lum qildi.
Hozirgi paytda favqulodda holat yuz bergan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda, hodisa sabablari yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)