Shvetsiya neft va gazdan to‘liq voz kechadigan dunyodagi ilk davlat bo‘ladi

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Loffen BMT Bosh assambleyasida mamlakat qazilma yoqilg‘idan to‘liq voz kechishni rejalashtirayotgan dunyodagi birinchi davlat bo‘lishini e’lon qilgan edi. Ayni paytda Shvetsiya muqobil energetika bilan 67% ta’minlamoqda. Bu haqda “Politolog” xabar berdi.

Foto: “Politolog”

Foto: “Politolog”

Kuni kecha mamlakat hukumati ko‘rib chiqishi uchun “yashil infrastruktura” — quyosh panellari va shamol generatorlari o‘rnatishga salkam 1 milliard dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan budjet taqdim etildi.

Hukumat ekologik jamoat transporti, elektr energiyasini saqlashni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va ular saqlanadigan inshootlarni barpo etish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, uyini energiya tejovchi xonadonga aylantirmoqchi bo‘lgan barcha fuqarolarga ko‘mak beradi.

Budjetda xorijda ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun ham mablag‘ ko‘rsatilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing