Rossiya Davlat dumasi koloniyalardagi mahkumlarga nisbatan kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash asoslarini ko‘paytiruvchi qonunni birinchi o‘qishdayoq qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Qonun loyihasi uchun 240 nafar deputat ovoz berdi, parlament a’zolarining 59 nafari esa qarshi ovoz berdi.
Hukumat qonun loyihasini 2015-yilning may oyida taqdim etgan edi. Unda koloniya va izolyatorlarda maxsus vositalar “jinoyatlar yoki saqlash qoidalarini buzishning oldini olish”, “mahkumning qonunga xilof ravishda bo‘ysunmasligi yoki qarshilik ko‘rsatishining oldini olish”, shuningdek, “jazoni ijro etuvchi muassasa faoliyatini izdan chiqaruvchi boshqa noqonuniy harakatlar”ning oldini olish uchun qo‘llanilishi mumkinligi qayd etilgan. Maxsus vositalar sifatida rezina tayoqlar, elektroshokerlar, itlar va boshqa shu kabi vositalar nazarda tutilgan.
Huquq himoyachilari qonun loyihasini tanqid ostiga oldi. Ularning fikricha, hukumat mahkumni deyarli har qanday vaziyatda kaltaklashga ruxsat bermoqda.
Izoh (0)