Rossiya FVVning 42-ijtimoiy yordam konvoyi avtomobillari Lugansk omborlariga yetib keldi, u yerda ularni bo‘shatish boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
40 dan ortiq mashina 450 tonnadan ziyod yukni yetkazib berganligi ma’lum qilindi.
Ukraina davlat chegara xizmatining aniqlashtirishicha, mashinalarda oziq-ovqat mahsulotlari mavjud. Ukrainalik chegarachilar yuk mashinalarini ko‘zdan kechirdi.
Avvalroq RF FVV yuklarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari (konservalar, yormalar va shakar) ekanligi ma’lum qilingan edi. O‘z navbatida Donetsk viloyatiga bugun, 22-oktabr kuni 630 tonnadan ortiq turli ijtimoiy yordam yuklari yetkazilganligi xabar qilindi.
Izoh (0)