XXR rahbari Si Szinpinning Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida imzolanadigan shartnomalar hajmi 40 milliard funtni (62 milliard dollar) tashkil etadi, deb xabar beradi “TASS”.
“Ushbu tashrifning asosiy tarkibiy qismlaridan biri – bu biz imzolaydigan ko‘p sonli tijorat shartnomalaridir. Ularning umumiy hajmi deyarli 40 milliard funtni tashkil etadi”, — dedi Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron.
“Bu tashrif yangi davr boshlanganligini anglatadi. Ba’zilar uni Buyuk Britaniya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning ‘oltin davri’ deb atamoqda. Bu yaqin iqtisodiy aloqalar, katta hajmdagi savdo, xalqlarimiz o‘rtasidagi yanada mustahkamroq aloqalar davridir”, — deb ta’kidladi bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, Si Szinpin 23-oktabrga qadar davom etadigan tashrifi “mamlakatlar orasidagi do‘stlik aloqalarini yuqori darajaga ko‘tarishi, ikki davlat o‘rtasida hamkorlik rishtalarini bog‘lashi”ga umid bildirgan hamda Xitoy va Buyuk Britaniya munosabatlarini “yanada yorqin kelajak kutayotgani”ni bildirgan edi.
Izoh (0)