Chevrolet kompaniyasi Spark xetchbekining RS qo‘shimchasini olgan maxsus versiyasini ishlab chiqdi. Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan SEMA tyuning-shousida ilk bor namoyish etiladigan mashina tajovuzkorona kuzov to‘sgichiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Chevrolet Spark RS  karbonli old splitteri, shu materialdan tayyorlangan orqa bamper elementi, shuningdek, qora-kumushrang qo‘shimchalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, xetchbekka pasaytirilgan yo‘l yorug‘ligi va Corvette superkariga o‘xshash 17 dyuymli g‘ildirak lappagi qo‘shildi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

“Har bir Chevrolet’da ‘Korvet’ning DNKsi bor. Spark RS bizning eng kichik avtomobilimiz ham uni boshqalardan ajratib turuvchi imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatib berishi kerak”, — deya ta’kidlagan Chevrolet bosh dizayneri Todd Parker.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Avtomobilning texnik xususiyatlari to‘g‘risida hozircha xabar berilmagan. Chevrolet Spark RS ham 98 ot kuchiga ega 1,4 litrli benzinli motor bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.