“Fukusima” atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan halokatdan to‘rt yil o‘tib, yadroviy reaktorning yoqilg‘i majmuasi erishi oqibatida yuzaga kelgan radioaktiv nurlanish tufayli atom elektr stansiyasining sobiq xodimlaridan biri saraton kasalligiga duchor bo‘lganini Yaponiya hukumati birinchi bor rasman tasdiqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Ushbu voqea kasallik bilan bog‘liq barcha mezonlarga javob beradi”, — deya bayon etmoqda 20-oktabr, seshanba kuni Tokio sog‘liqni saqlash vazirligi vakili. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, kasallikning boshqa sabablari umuman mavjud emas.
Vakilning bayoniga ko‘ra, “Fukusima”da 2011-yildagi halokatdan so‘ng ishlagan ushbu odamga leykemiya kasalligining tashhisi qo‘yilgan. Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, unga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanadi.
“Fukusima”dagi avariyadan keyin, atom elektrostansiyasining bir qancha ishchilari saraton kasalligiga duchor bo‘lgan. Lekin Tokio ma’muriyati hozirga qadar yadroviy halokat bilan mazkur kassallik bevosita aloqador ekanligini tan olishdan bosh tortib kelgandi. Bundan tashqari, yana uchta shu kabi holat bo‘yicha tekshirish davom etmoqda.
Izoh (0)