Bir guruh arab mamlakatlari YuNESKOga Quddusning muqaddas joylari maqomini o‘zgartirish haqidagi loyihani ko‘rib chiqish uchun taqdim etish niyatida, deb xabar beradi “TASS”.
AFP agentligining ma’lum qilishicha, matn Jazoir, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Marokash va Tunis tomonidan ishlab chiqarilgan.
Loyihada Quddusdagi Yig‘i devorini Ibodatxona tog‘i maydonidagi musulmonlarning muqaddas joyi bir qismi deb hisoblash taklif etilmoqda. U matnda arabcha al-Burak nomi bilan keltirilgan. Arab mamlakatlari Yig‘i devorini al-Aqsa masjidining ajralmas qismi deb hisoblamoqda.
Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ushbu loyiha uning mualliflari tomonidan YuNESKO Ijro Kengashiga 21 yoki 22-oktabr kuni taqdim etiladi.
Izoh (0)