AQSh qurolli kuchlari ilk bor Yevropada raketa mudofaasini sinovdan o‘tkazib, o‘quv ballistik raketasini Atlantika okeanida yo‘q qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Bu birinchi marta ‘Stendard-3’ Blok 1A raketa tutuvchining Amerika raketa poligonidan tashqarida uchirilishi va ilk bor ballistik raketaning Yevropa harbiy harakatlar maydonida tutib olinishidir”, — deb ma’lum qiladi AQSh Harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, o‘quv ballistik raketasi Atlantika okeanidagi poligondan, Shotlandiya g‘arbiy sohilida joylashgan “Ross” esminetsidan uchirilgan.
Izoh (0)