Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisida aholi turmushi sifati va darajasini yanada oshirish yo‘li davom ettirilayotganligi qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Mamlakatda 748,7 mingta yangi ish o‘rni, shu jumladan, qishloq joylarda 451,6 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Joriy yilning 1-sentabridan boshlab budjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdori 1,1 marotaba oshirildi.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda.
Ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 2,0 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi.
Izoh (0)