Isroilning Hummus Bar restorani bitta stol atrofida o‘tirishga tayyor bo‘lgan yahudiy va arablarga chegirma taklif qiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
The Times Of Israel’ning ma’lum qilishicha, mamlakatda etnik ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytda muassasa rahbariyati birgalikda tinch yashash tamoyillarini ilgari surishga urinmoqda. Nashr buni yangicha yondashuv deb atamoqda.
Restoran Netaniya shahridagi Kfar-Vitkin aholi punktida joylashgan. Yahudiy va arablar birga o‘tirgan stollardagi kishilar uchun no‘xat pastasining har bir porsiyasi uchun 50 foizlik maxsus chegirma ko‘zda tutiladi.
Hummus Bar o‘z reklamasida xo‘randalar xumus va falafel kabi ajoyib taomlarni ham olishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Restoranning ma’lum qilishicha, aksiya muvaffaqiyat qozonmoqda.
Izoh (0)