Volvo kompaniyasi yaqin yillarda o‘zining avtomobillarini elektrlashtirish rejasini ma’lum qildi. Dastur gibrid modellarni yaratish, shuningdek, to‘liq elektrli mashinalarni chiqarishni ko‘zda tutadi, deb xabar beradi 3DNews.
Yangi strategiyaning birinchi bosqichida Scalable Product Architecture (SPA) arxitekturasi asosida 90 Series va 60 Series oilalarida ulanuvchi gibridlar ishlab chiqariladi.
Ta’kidlash joizki, Volvo modellari qatorida premium klassdagi gibrid yo‘ltanlamas XC90 T8 Twin Engine avtomobili mavjud. Unda ikki litrli to‘rt silindrli, turbokompressorli benzin dvigatel va elektr motori mavjud. Uning quvvati 400 ot kuchiga teng.
Kelajakda Volvo barcha modellari qatoriga gibrid ulanuvchi avtomobillarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu uning katta hajmli sedanlari, shuningdek, kichik mashinalariga ham taalluqli.
Volvo to‘liq elektrlashtirilgan avtomobilini 2019-yilda taqdim etadi. Ushbu model haqidagi to‘liq tafsilotlarni kompaniya keyinroq ma’lum qiladi.
Izoh (0)