Saudiya Arabistoni tijorat neft zaxirasi joriy yilning avgust oyida 326,6 million barrelga o‘sib, 2002-yildan buyon maksimum darajaga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Neft statistikasi bo‘yicha qo‘shma tashabbusning ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida ushbu ko‘rsatkich 320,2 million barrelni tashkil etgan.
Ar-Riyod dunyodagi yirik neft eksportchisi hisoblanadi, biroq avgustda eksport sutkasiga 7,27 milliondan 7 million barrelgacha tushgan edi.
Mamlakatning ishlov berilmagan neft zaxirasi 2015-yilning mayidan beri rekord ko‘rsatkichga ega. Iyun oyida kuniga 10,564 million barrel neft qazib olinib, 1980-yildan buyon birinchi marta neft qazib olish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)