Eronning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy viloyatlarida “Muharram” kod nomi ostida keng ko‘lamli harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Eron qurolli kuchlarining “Muharram” o‘quv mashg‘ulotlari bugun, 19-oktabr tongida Eronning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlarida boshlandi. Unda quruqlikdagi, shuningdek, harbiy-havo kuchlari hamda “Hatam al-Anbiya” havo mudofaa kuchlari bazasi bo‘linmalari ishtirok etmoqda”, — deyiladi IRNA agentligi xabarida.
Quruqlikdagi kuchlar qo‘mondoni o‘rinbosari, general Muhammad Mahmudiyning ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlari Eron Islom respublikasi g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlaridagi tez tarqalish kuchlarining harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Mashqlar davomida ko‘p sonli katta radiusda harakatlanuvchi uchuvchisiz uchar qurilmalardan ham foydalaniladi.
Izoh (0)